← Tarmoq va xavfsizlik
Texnik tavsif
Har bir mijozning serverlari o‘ziga tegishli izolyatsiyalangan tarmoqda (VLAN) ichki manzillar bilan ishlaydi. Statik IPv4 manzillar chegaraviy firewall’da turadi: kiruvchi qoidalar (DNAT) tanlangan tashqi port yoki oraliqni serverning ichki portiga uzatadi, chiquvchi manzil (SNAT) esa serverlar internetga qaysi IP’dan chiqishini belgilaydi (butun hisob uchun yoki har bir server uchun alohida). Qoidasi yo‘q port hech bir serverga yetib bormaydi. Protokollar: TCP, UDP yoki TCP + UDP; tashqi 3389 porti to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochilmaydi.
Limitlar va shartlar: Foydalanish shartlari §6